Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Usmanov Nigmatulla Rixsiboyevich “Oqtepa” mahallasiga tashrif buyurib, hududda obodonlashtirish va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar davom etmoqda.
🏠Tashrif davomida mahalla hududidagi mavjud holat, obodonlashtirishga oid masalalar hamda hududni yanada chiroyli va qulay ko‘rinishga keltirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
🌱Shuningdek, hududni ko‘kalamzorlashtirish, mavjud yashil maydonlarni asrash va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga e’tibor qaratildi.
✨Mahallada obodonlashtirish ishlarini yanada yaxshilash, mavjud masalalarni bosqichma-bosqich hal etish hamda aholi uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.