Yunusobod tumani Kengashi Raisi, deputati Yusupov R.A.
51-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, maktab rahbariyati bilan ta’lim muassasasining mavjud ehtiyojlari va muammolari yuzasidan suhbatlashdi.
🤝Uchrashuv davomida maktab “Tashabbusli budjet” loyihasida g‘olib bo‘la olmagani, shu bilan birga, maktab hududidagi ayrim muammolarni hal etish uchun moddiy mablag‘ga ehtiyoj mavjudligi ma’lum qilindi.
📝Xususan, maktab hududini asfaltlash hamda mini-futbol maydonchasini tashkil etish uchun zarur mablag‘ ajratilishiga ehtiyoj borligi bildirildi.
✅Deputat tomonidan mazkur masalalar o‘rganilib, ularni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish zarurligi ta’kidlandi.