Ariq Usti mahallasidagi ko‘p qavatli uylar hududi o‘rganildi
✅ Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z.O‘zbekovaga biriktirilgan 3-Tog‘chi saylov okrugidagi Ariq Usti mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari, uylar atrofidagi hududlarning tozaligi hamda yoritilish holati o‘rganildi.
✅ Mazkur o‘rganish tuman Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Murodov, kotibiyat xodimi hamda mahalla profilaktika inspektori hamkorligida joyiga chiqqan holda amalga oshirildi.
✅ O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarning umumiy holati, ichki yo‘laklar va yerto‘lalarning sanitariya holati, uylar atrofidagi hududlarning obodonlashtirilganligi hamda tungi vaqtda yoritilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Shuningdek, hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni belgilash hamda fuqarolar uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.
✅ Bunday o‘rganishlar mahallalarda obodonlashtirish ishlarini yaxshilash, ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish, hududlarning tozaligi va xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
✍ Ma’lumot uchun Ariq usti mahallasida 3 ta ko‘p qavatli uylar mavjud bo‘lib, unda 48 ta uy joylashgan