35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
**Kelajak soati darslari — yoshlar tarbiyasida muhim siyosiy-ma’rifiy qadam**
янв.21
### Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning holati o‘rganildi
янв.21
### **Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holati o‘rganildi**
янв.21
## **“Bilimlar kuni” munosabati bilan tadbirda ishtirok etildi**
янв.21
### Savdo shoxobchalaridagi oziq-ovqat mahsulotlari sifati va narxlari o‘rganildi
янв.21
### **Aholining ijtimoiy himoyasi va farovonligini ta’minlashga e’tibor qaratildi**
янв.21
Mustaqillik bayrami arafasida munosib e’tirof
янв.21
### Maktabning yangi o‘quv yiliga va kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
### “Open budjet” jarayonida aholi faolligi oshirilmoqda
янв.21
Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish holati o‘rganildi
Maqola

Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish va aholi uchun qulay ekologik muhit yaratish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Shu maqsadda ilgari surilgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida yurtimizning barcha hududlarida daraxt va butalar ekish, yangi bog‘lar hamda yashil hududlar barpo etish ishlari izchil davom etmoqda. 

Daraxtzorlarni ko‘paytirish nafaqat hududlarni obod va ko‘rkam qilish, balki ekologik muvozanatni ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yashil hududlar havoni tozalash, chang va zararli moddalarni kamaytirish, yozning issiq kunlarida soya-salqinlik yaratish hamda tuproq eroziyasining oldini olishga xizmat qiladi.

"Yashil makon" loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari, ayniqsa, mahallalar, yo‘l bo‘ylari, ta’lim va tibbiyot muassasalari hududlari, korxona va tashkilotlar atrofi hamda bo‘sh maydonlarni obodonlashtirish bilan uyg‘un holda olib borilmoqda. Bu jarayonda manzarali va mevali daraxtlarni ekish, ularni parvarishlash, sug‘orish va asrashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Eng muhimi, loyiha aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishga ham katta turtki bermoqda. Zero, har bir ekilgan nihol - kelajak uchun qilingan ezgu sarmoyadir. Bugun biz ekkan daraxtlar ertaga farzandlarimiz va nabiralarimiz uchun sog‘lom muhit, musaffo havo va go‘zal tabiat bag‘ishlaydi.

Xo‘jayli tumanida ham hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, mahallalar qiyofasini yanada obodonlashtirish va yashil maydonlarni kengaytirish borasidagi ishlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada jamoatchilik, mahalla faollari, yoshlar, korxona va tashkilotlar hamda deputatlarning faol ishtiroki yaxshi samara bermoqda.

Ayniqsa, yosh avlodni tabiatga mehr va mas’uliyat ruhida tarbiyalash, ularni daraxt ekish va uni parvarishlash ishlariga jalb etish kelajak uchun muhim vazifadir. Chunki ekologik madaniyat bolalikdan shakllanadi va har bir insonning kundalik hayotida namoyon bo‘ladi. 

"Yashil makon" - bu shunchaki daraxt ekish kampaniyasi emas, balki yurtimiz kelajagini yashil, obod va farovon qilishga qaratilgan keng qamrovli harakatdir. Har bir niholga e’tibor va g‘amxo‘rlik bilan yondashsak, mahallalarimiz yanada ko‘rkam, havomiz musaffo, tabiatimiz esa yanada boy va go‘zal bo‘ladi.

Yashillikni ko‘paytirish - tabiatni asrash, tabiatni asrash esa kelajakni asrashdir!

Z.Klochkov
Xalq deputatlari Xo‘jayli tuman Kengashi deputati