#Deputat_mahallada
♻️Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 20-saylov okrugi deputati F.Zokirov tomonidan Harakat mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi hamda mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
♻️O‘rganish davomida mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda hududdagi ijtimoiy masalalarni hal etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
♻️«Mahallada amalga oshirilayotgan har bir ish, avvalo, aholining kundalik muammolarini hal etishga va fuqarolar uchun munosib sharoit yaratishga xizmat qilishi lozim. Mahalla raisi va xotin-qizlar faoli bilan hamkorlikda mavjud masalalarni o‘rganib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni belgilab olindi.
♻️O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.