Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudayqulova Nargiza G‘aybullaevna hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan 18-Me’mor saylov okrugiga qarashli Humo mahallasida tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida tadbirkorlarning faoliyat yuritishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud muammolar, ish o‘rinlari yaratish holati hamda faoliyatini kengaytirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
🤝 Tadbirkorlar bilan suhbat davomida ularning murojaat va takliflari tinglanib, aniqlangan muammolarni qonuniy asosda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
⚖️ Mazkur ishlar 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-son “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida amalga oshirilmoqda.
O‘rganish yakunida aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🏛 Tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ularning muammolarini joyida o‘rganish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
🏛 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati