⚽️Jahon FutbolI — deputatlar nigohida
Bugun ertalabdan Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi raisi boshchiligida tuman Kengashi deputatlari FIFA Jahon chempionati doirasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasidagi futbol uchrashuvini katta qiziqish bilan kuzatdilar.
Uchrashuvni tomosha qilish jarayonida deputatlar mamlakatimizda sportni rivojlantirish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaralari haqida fikr almashdilar.
Qayd etilganidek, xalqaro maydonlarda Vatan sharafini himoya qilayotgan sportchilarimizning muvaffaqiyatlari yosh avlod uchun munosib ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda. Instagram | Face book | You Tube