30-Obodon saylov okrugi deputati Alisher Ro'ziyev okrugiga qarashli Sho'rchi tumanining "Do'stlik" mahallasida deputatlik nazorat-tahlil tadbiri olib borildi.
Mazkur jarayonda xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyat mudiri Sherpo'lat Boyqulov, 30-Obodon saylov okrugidan saylangan viloyat Kengashi deputati Alisher Ro'ziyev, Sho'rchi tumani Kengashi deputatlari hamda mahalla mas'ullari ishtirok etdi.
Tadbir davomida mahalladagi mavjud muammolar o'rganildi. Jumladan, mahalla hududidagi eski sim ustunlarning yangi beton ustunlarga almashtirish ishlari holati ko'zdan kechirildi. Yozgi ta'til vaqtida 50-sonli maktabda ta'mirlash ishlarini olib borish bo'yicha maktab mas'ullariga tegishli ko'rsatmalar berildi.
Shuningdek, mahalla yettiligining amalga oshirayotgan ishlari muhokama qilindi. Mavjud kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ish faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.