Yangiliklar

Murojaatlar va takliflar deputat e’tiborida

❇️Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati F.Turayev tomonidan M.Ulug‘bek hamda Tinchlik MFY fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

❇️Uchrashuv davomida mahalla faollari va fuqarolar tomonidan hududdagi mavjud muammolar, ijtimoiy masalalar hamda aholini qiynab kelayotgan kamchiliklar yuzasidan murojaat va takliflar bildirildi.

📈Shuningdek, ichki yo‘llar, elektr ta’minoti, obodonlashtirish hamda ijtimoiy infratuzilma bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqarilishi belgilandi.

✍️Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish va muammolarni joyida o‘rganish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 1