Yangiliklar

Sevara Fayziyeva tomonidan Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.M.Yunusov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva tomonidan Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.M.Yunusov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

🏛 Mazkur deputatlik so‘rovi Mirobod tumani “Yangi Qo‘yliq” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida ko‘tarilgan murojaatlar asosida shakllantirilgan.

📝 Deputat tomonidan ma’lum qilinishicha, joriy yilning aprel oyida o‘tkazilgan uchrashuv davomida fuqarolar hududdagi yashil maydonlarni sug‘orish tizimi bilan bog‘liq muammolarni ko‘targan. Murojaatlar yuzasidan hududda joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borilgan.

🔎 O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, “Yangi Qo‘yliq” MFY hududida 2023-yilda ko‘p qavatli uylar atrofidagi yashil hududlar to‘liq sug‘orish tizimi bilan ta’minlangan. Biroq, 2024-yilda “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan qurilish ishlari jarayonida ushbu sug‘orish tizimi to‘liq olib tashlangan.

📉 Shuningdek, 2025-yilda mahalla hududidagi 17–26-sonli ko‘p qavatli uylar atrofidagi yashil hududlarda sug‘orish tizimi qayta tiklangani, ammo 1–16-sonli uylar atrofida mavjud 300 dan ortiq ko‘p yillik manzarali daraxtlar hamda 400 dan ziyod yangi ekilgan ko‘chatlarga qaramasdan, sug‘orish tizimi hanuzgacha o‘rnatilmagani qayd etilgan.

📁 Shu munosabat bilan deputat Sevara Fayziyeva “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalariga asosan Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasidan:

🔺 “Yangi Qo‘yliq” MFY hududidagi 1–16-sonli uylar atrofida sug‘orish tizimi o‘rnatilmaganligi sabablarini;

🔺 hududdagi daraxt va ko‘chatlarni sug‘orish tizimi bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish taqdim etishni so‘radi.

💡 Deputatlik so‘rovida mas’ul tashkilotdan ushbu masala yuzasidan 10 kun muddat ichida rasmiy javob taqdim etish talab qilingan.

🗣Shuningdek, deputatlik so‘rovida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq deputat so‘rovini ko‘rib chiqmasdan qoldirish, uni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish yoki bila turib noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etish mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi eslatib o‘tilgan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 1