Mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holati o'rganildi
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O'zXDP partiyasidan 2-Xamza saylov okrugidan saylangan deputat Asqar Baxramov Kengash ish rejasiga muvofiq tumandagi “Xamza” mahallasida faoliyat yuritayotgan soliq inspektori zimmasiga yuklatilgan vazifalarning ijrosi o‘rganildi.
📌 O‘rganish jarayonida hududdagi soliq bazasi hamda to‘lovchilar tarkibi tahlil qilinib, quyidagi ko‘rsatkichlar aniqlandi:
🔹 86 ta noturar obyekt
🔹 8 ta yuridik shaxs
🔹 18 ta YATT
🔹 2 ta oilaviy korxona
🔹 2200 nafar jismoniy soliq to‘lovchilar
📊 Soliq tushumlarini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar ham atroflicha ko‘rib chiqildi:
🔹 Aholiga SMS xabarnomalar yuborish yo‘lga qo‘yilgan
🔹 Byudjet tashkilotlarida faoliyat yurituvchi xodimlarga ish joylari orqali xatlar yetkazilmoqda
🔹 Yuridik shaxslarga “Soliq.uz” platformasi orqali shaxsiy kabinetlari orqali ma’lumotlar yuborilmoqda
💻 Shuningdek, to‘lovlar va savdo-xarid jarayonlarini to‘liq elektron tizimga o‘tkazish holati ham doimiy nazoratga olingan.
✅ O‘rganish yakunlariga ko‘ra, mavjud ishlar samaradorligini yanada oshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.