Yangiliklar

Chinoz tumani.Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o'rganildi

Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o'rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri Asqar Baxramov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Surayyo Axmedova hamda komissiya a’zosi Mirsoat Mirsodiqovlar tomonidan tumanda “sariq” toifaga kiritilgan “Sarbozor” MFY hududida uchastka noziri faoliyati, xususan jinoyatchilikning oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish holati, jinoyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi. Shuningdek, mavjud muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganishlar jinoyatchilikning oldini olish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5