Yangiliklar

FARG‘ONADA KADASTR TIZIMI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

 FARG‘ONADA KADASTR TIZIMI YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI 

  

🔹
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Shuxratjon Rahimov tomonidan
tuman davlat kadastr bo‘limlari faoliyatini tanqidiy o‘rganishga qaratilgan
deputatlik so‘rovi yuborildi.
 

🔹
So‘rovda sohada korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni
ta’minlash, davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish, muddatlarga qat’iy
rioya etish, fuqarolarga tushuntirish ishlarini kuchaytirish hamda murojaatlar
bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor
qaratilgan.
 

🔹 Mazkur so‘rov hududda aholini qiynab
kelayotgan muammolarni bartaraf etish, xizmatlar samaradorligini oshirish va
davlat idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga
xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 1