Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tuman Kengashi deputati Jumavoy Rahmonqulov tomonidan qonunchilikka muvofiq, Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Boyovut tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muosassasi direktori Sardor Nuriddinov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi. 

So‘rovda ko‘tarilgan masala:

“Navbahor” mahallasining “Mingterak”, “Xalqobod” hamda “Navbahor” hududlarida joylashgan aholi tomorqalari, shuningdek dehqon va fermer xo‘jaliklariga qarashli yer maydonlarini oqar suv bilan ta’minlab kelayotgan YUR-5 kanalining bosh suv o‘zanida o‘pirilish holati yuzaga kelgan.

✅ Masalalarni mutaxassislar ishtirokida o‘rganib, ijobiy hal etish hamda 10 kun ichida yozma javob taqdim etish talab etildi. 

Slide 1 of 1