Muzokara davomida “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi doirasida hududda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, ayrim yo‘nalishlarda mavjud kamchiliklar, profilaktik ishlar samaradorligini oshirish, aholi bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar bildirildi.
Komissiya tomonidan kelgusida jinoyatchilikni kamaytirish, xavfsiz muhitni ta’minlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlarni kuchaytirish zarurligi alohida ta’kidlandi.