Yangiliklar

Hududdagi tibbiyot muassasalari faoliyati o‘rganildi.

Hududdagi tibbiyot muassasalari faoliyati o‘rganildi.

🏛 Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashining 19-Olchin saylov okrugi deputati J.Buzrukov hamda tuman Kengashining bosh mutaxassisi N.Samandarova tomonidan mahalla “yettiligi” ishtirokida hududda o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 O‘rganish jarayonida 2026-yil "Investitsia dasturi" doirasida asosida Olchin oilaviy poliklinikasini qayta qurish ishlari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, hozirgi kunda mazkur oilaviy poliklinika faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

🏗 Qurilish jarayonlari davomida mas’ul tashkilotlarga ishlarni tezlashtirish, eng asosiysi sifatli hamda zamonaviy talablarga mos ravishda, aholiga qulay sharoit yaratgan holda qurib bitkazish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

👨‍👩‍👧‍👦 Ta’kidlanganidek, hudud aholisi uchun tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, zamonaviy infratuzilmani yaratish hamda fuqarolar salomatligini mustahkamlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

🤝 Yakunda mas’ullar bilan kelgusida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. 

  👉https://t.me/Oqdaryo_tuman_Kengashi

Slide 1 of 5