Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashiga 18-Xalqobod saylov okrugidan saylangan deputat Avalboyev G'anisher Nematovich tomonidan Xalqobod MFY hududidagi Ko‘rpasoy ko‘chasida joylashgan elektr ta’minoti holati joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish davomida mavjud 160 kVA transformator hududdagi 210 ta xonadon uchun yetarli quvvat bermayotgani hamda transformator atrofida xavfsizlik choralarining yetarli emasligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilib, transformatorni yuqori quvvatlisiga almashtirish, uning atrofini temir panjara bilan o‘rash va hududda elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish so‘raldi.