Qonunning asosiy maqsadlari:
• Axborot tizimlari va resurslarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish
• Kiberhujumlar oldini olish va ularga qarshi samarali kurashish
• Davlat organlari va tashkilotlarda kiberxavfsizlikni taʼminlash
• Fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlarini muhofaza qilish
Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati M.Xayrulloyev tomonidan joylarda olib borilayotgan targʻibot ishlari doirasida ushbu qonunning mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka yetkazilmoqda. Bu esa aholining huquqiy ongi va axborot xavfsizligi madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.