Yangiliklar

#deputatlik_faoliyati

#deputatlik_faoliyati 

Deputatlar tomonidan “Qaytmas” MFY hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Tuman Kengashi deputatlari K.Djumanazarova, I.Soliyev hamda B.Bahovadinovlar tomonidan hududdagi “Qaytmas” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisining ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.

Hokim yordamchisi tomonidan mahalladagi ishsiz fuqarolarni aniqlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolarga kredit va subsidiya olishda ko‘maklashish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

✅️Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi!

Slide 1 of 1