Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati Yakupjan Musayev tomonidan "Beshboy" mahalla hududida joylashgan 68-maktabda o‘rganish ishlari olib borildi.
Tashrif davomida maktabning isitish tizimi holati, sinfxonalardagi harorat me’yorlari hamda o‘quvchilarning darslarga davomati atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish, ta’lim sifatini yanada oshirish va o‘quvchilar uchun munosib shart-sharoit yaratish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi.
Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Farzandlarimizning sifatli ta’lim olishi va qulay sharoitda tahsil olishi - ustuvor vazifamizdir.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi!