Yangiliklar

Mirobod tumani hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i F.Madaminova va xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati R.Turdiyevaning fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi

“Barotxo‘ja” MFY binosida Mirobod tumani hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.V.Madaminova va xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati R.Turdiyeva tegishli tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan fuqarolar qabulida mahallada yashovchi fuqarolarning tibbiy yordam, kasbga o‘qitish, tadbirkorlik faolyatini kengaytirish, moddiy yordam, himoya orderini rasmiylashtirish, huquqiy yordam hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi. 

Qabul davomida tibbiy yordam, kasbga o‘qitish, tadbirkorlik faolyatini kengaytirish, moddiy yordam masalalari ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar yuzasidan mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berilib, ijroga yo‘naltirildi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash 
Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/ 
Slide 1 of 7