Yangiliklar

Murojaatlar — joyida o‘rganilmoqda

 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, “Nurli kelajak” mahallasi 20-Seytmuratov saylov okrugidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Taxiatosh tumanidagi Xalq qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan amaliy ishlar olib bordi.

Deputat tegishli tashkilot rahbarlari bilan birgalikda fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganib, har bir masalaga alohida yondashildi.

📊 O‘rganish jarayonida:

▪️ murojaatlarning mazmuni atroflicha tahlil qilindi

▪️ muammolarni joyida hal etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi

▪️ mas’ullarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi

🗣 Murojaatlar ijrosini ta’minlash va ularni o‘z vaqtida hal etish masalasi deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 2