Yangiliklar

Deputat yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Kushkarbekov “Sarjal” ovul fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududda yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda tashabbuslar samaradorligini o‘rgandi.

Ma’lum qilinishicha, “Sarjal” ovul fuqarolar yig‘ini hududida 14–30 yosh toifasida jami 365 nafar yoshlar mavjud. Ularning qiziqishlari asosida ishlash, shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan tizimli ishlarni tashkil etish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, 2026-yilning o‘tgan davri mobaynida “Kambag‘al oila” reyestrida turgan 1 nafar yoshning safarbarlik chaqiruv rezervi xarajatlari qoplab berilgan.

Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 424 nafar yosh turli sport va madaniy yo‘nalishlardagi musobaqa hamda tanlovlarga ro‘yxatdan o‘tkazilib, 2026-yilgi mavsumga tayyorgarlik ishlari olib borilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Deputat tomonidan o‘rganish davomida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ham berildi.

Slide 1 of 2