Yangiliklar

O'rganish

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati U. Xudoyqulov tomonidan tuman FHDY organida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, murojaatlarni ko‘rib chiqish tezligi, shuningdek, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, ayrim mavjud kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — fuqarolarga sifatli va qulay xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, ularning murojaatlariga o‘z vaqtida va samarali yechim topilishiga erishishdan iborat.

Slide 1 of 3