Ko‘p kvartirali uylarni mukammal ta’mirlash bo‘yicha manzilli reja muhokama qilindi
🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda komissiya a’zolari va tuman Kengashi deputatlari O.Dadajonova, F.Omonova, F.Abdusalomovlar ishtirok etdilar
🔹 Yig‘ilishda tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori ijrosi doirasida 2026-yilda Farg‘ona viloyatidagi ko‘p kvartirali uylarni mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha dastlabki manzilli ro‘yxat bilan tanishtirildi.
🔹 Muhokamalar davomida ro‘yxat manzilli tarzda deputatlar tomonidan o‘rganilishi, qo‘shimcha takliflar bildirilishi va umumiy xulosaga kelish bo‘yicha kelishib olindi.
🔹 Yig‘ilish tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Rahimov va Kengash bosh mutaxassisi A.Eminjonovlar tomonidan tashkil etildi hamda ishtirokchilarga tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.
Telegram | Facebook | YouTube