Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputatlari ishchi guruhi a’zolari — Gaipova Nilufar Ataxanovna, Bekmetov Qudrat Ozodovich hamda Qo‘shko‘pir tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Erkinov, tuman kengashi deputati O.Karimovlar ishtirokida tumandagi umumiy o'rta ta’lim maktablarida yo‘lga qo‘yilgan keytering xizmatlari sifati yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.
O‘rganishlar davomida o‘quvchilarga taqdim etilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, ularning yaroqlilik muddatlari, saqlash sharoitlari hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi atroflicha tahlil qilindi.