Xalq bilan muloqot – muammolar yechimi sari qadam
Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi 17-Bo'ston saylov okrugidan saylangan viloyat Kengashi deputati Rustamova Nargiza Baxtiyorovna, Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi raisi Bobojonov Ulug'bek Raximovich, tuman Kengashi deputatlari hamda tegishli kommunal soha rahbarlari bilan birgalikda o'zi saylangan okrug saylovchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalar, infratuzilmani yaxshilash qaratilgan taklif va murojaatlar tinglandi.
Fuqarolar tomonidan 8 ta masala yuzasidan murojaat qilindi. Murojaatning 4 tasi joyida hal etildi, 2 ta murojaatni hal etish bo'yicha tegishli tashkilotlarga deputat so'rovi yuborilishi hamda 2 ta masala yuzasidan huquqiy tushuncha berildi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati