Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi raisi hamda kotibiyat mudiri ishtirokida tuman partiya guruhlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish, saylovchilar bilan ishlash, hududlarda mavjud muammolarni o‘rganish va ularni hal etishda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

️Shuningdek, partiya guruhlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan tashabbuslar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv yakunida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 6