#Doimiy_komissiya_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi tomonidan tuman Kadastr agentligi bo‘limi tomonidan 2025-yil davomida aniqlangan yer qonunbuzilish holatlari yerlardan oqlona foydalanish yuzasidan doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda tuman Kadastr agentligi bo‘limi mutasaddilari tomonidan o‘tgan yil davomida aniqlangan yer qonunbuzilish holatlari, ularning kelib chiqish sabablari hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Deputatlar tomonidan yer qonunchiligi ijrosini ta’minlash, qonunbuzilishlarning oldini olish hamda bu boradagi nazoratni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)