Deputat mahalladagi uy-joylar va infratuzilma holatini o‘rgandi
Hududdagi mavjud sharoitlarni atroflicha tahlil qilish maqsadida Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi raisi, 6-A.Temur saylov okrugi deputati Shohhasan Suvonqulov "Toshkent" mahallasini aylanib chiqib, ko‘p qavatli uylar holatini o‘rgandi.
Tashrif davomida uy-joylarning tashqi ko‘rinishi, tom qismi, kirish yo‘laklari va umumiy foydalanish hududlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahalla infratuzilmasi — ichki yo‘llar, ko‘cha yoritish tizimi, elektr tarmoqlari hamda ichimlik suvi ta’minoti holati o‘rganildi.
Deputat aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, uy-joy fondini bosqichma-bosqich ta’mirlash hamda infratuzilmani yaxshilash yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berdi.
Mazkur deputat nazorati mahallada qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.