Yangiliklar

#Deputatlik_faoliyati

#Mahalladagi yoshlar yetakchisi

tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi

🚛 Yoshlar bilan bevosita uchrashib, ularning muammo va takliflarini tinglash, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir. 

🛡Shu maqsadda “Yoshlar kuni” doirasida Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari A.Tursunboyev va K.Xakimovlar bilan burgalikda shahar yoshlari bilan ochiq muloqot qildi. Tadbir davomida yigit-qizlar tomonidan ta’lim, bandlik, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, huquqiy masalalar yuzasidan berilgan savollar atroflicha muhokama qilindi.

✅Uchrashuv jarayonida yoshlarning taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanib, ularni ro‘yobga chiqarish mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Ayniqsa, yoshlar huquqlarini himoya qilish, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4