Yangiliklar

Deputat_maktabda

Davkatmiz rahbarining joriy yilning 24-fevralida poytaxtdagi Ko'ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashga bag'ishlangan muloqoti bo'lib o'tdi.

Muloqot jarayonida Prezident tomonidan mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda "Yoshlar kuni" bo'lishi belgilandi.

Endilikda sohaga mas'ul rahbarlar mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarni eshitishi va muammolari bo'lsa hal qilishi belgilab qo'yildi.

Bunda mas'ullarning yoshlarbop savdo-servis loyihalari, yoshlarning ta'lim olishi, sport bilan shug'ullanishi, kasb va til o'rganib, ishga kirish yoki tadbirkorlik bilan shug'ullanishiga ko'maklashishi, startapchilar bilan uchrashuvlar o'tkazib, alohida imkoniyatlar yaratishi borasida aniq choralar belgilanishi ko'zda tutilgan.

Ushbu o'rganishlar davomida eng yaxshi tomorqachi, fermer, sanoatchi, startapchi, ijodkor, ma'naviyat va boshqa sohalardagi yoshlar uchun qiziqarli mavzularda tanlovlar va yarmarkalar o'tkaziladi.

Shu maqsadda bugun, 26-fevral - payshanba kuni Zomin tuman Kengashi deputati Odilbek ALIMOV mahalla hududidagi 54-umumta'lim maktabida yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida sinflardagi davomat, maktab psixologi va maktabga birirktirilgan inspektor-psixolog bilan suhbat o'tkazilib, tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5