Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati X. Turfiyev o‘z okrugidagi mahalla faollari bilan uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida hududdagi mavjud muammolar, aholi turmush sharoiti, bandlik, ijtimoiy masalalar hamda obodonlashtirish ishlari muhokama qilindi. Faollar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni amaliy hal etish yo‘llari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, mahallalarda olib borilayotgan ijtimoiy-ma’rifiy ishlar, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash holati ham ko‘rib chiqildi. Ayrim yo‘nalishlarda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Deputat aholi bilan yaqin hamkorlik qilish, muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish doimiy e’tiborda ekanini ta’kidladi.