Yangiliklar

Tibbiyot sohasi o'rdanildi

Qo‘shko‘pir tuman hokimi Shuxrat Axmedov tuman tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida hokim shifoxonada davolanayotgan bemorlar holidan xabar olib, ularning sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, tibbiyot birlashmasining umumiy faoliyati, mavjud infratuzilma, ayniqsa issiqlik tizimining ishlash holati o‘rganildi.

Hokim muassasa rahbariyatiga bemorlarga qulay va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash, mavjud taklif va muammolarni qisqa muddatda hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.

Slide 1 of 1