Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🔹 Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala — Ishtixon tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Q. Nuriddinovning 2025-yil yakunlari bo‘yicha tumanda yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar to‘g‘risidagi hisoboti muhokama qilindi.
📊 Mazkur masala yuzasidan Ishtixon tumani Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i O. Akbarov tomonidan batafsil ma’lumot berildi.
➖ 2025-yil yakunlariga ko‘ra:
- Tumandagi 62 ta mahallada yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi;
- Yil boshida “Yoshlar balansi”ga kiritilgan 778 nafar ishsiz yoshdan 775 nafarining (99,6 foiz) bandligi ta’minlandi;
- Jumladan:
- 200 nafar yosh doimiy ish o‘rni bilan ta’minlandi;
- 92 nafar yoshga 1 mlrd 651 mln so‘m kredit ajratildi;
- 8 nafar yoshga 1 gektardan yer maydoni berildi;
- 15 nafar yoshga 97 mln so‘mlik subsidiya ajratildi;
- 86 nafar yosh xorijiy davlatlarga qonuniy mehnat migratsiyasiga yuborildi;
- 355 nafar yosh o‘zini o‘zi band qildi;
- Yoshlar ta’lim, harbiy xizmat va boshqa yo‘nalishlar orqali bandlikka jalb etildi.
➖ Shuningdek, 2025-yilda mehnat bozoriga yangi kirib kelgan 4 427 nafar yoshdan 4 194 nafarining (94,7 foiz) bandligi ta’minlandi.
Yoshlarni qishloq xo‘jaligiga jalb etish maqsadida 633 gektar yer maydoni 1 643 nafar yoshga ajratildi.
📌 2026-yil uchun belgilangan vazifalar:
- 807 nafar ishsiz yoshning bandligini ta’minlash;
- 209 nafar yoshni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish;
- 125 nafar yoshga tadbirkorlik faoliyati uchun kredit ajratish;
- 280 nafar yoshga qishloq xo‘jaligi uchun yer maydonlari berish;
- 96 nafar yoshni qonuniy mehnat migratsiyasiga yo‘naltirish;
- Yoshlarni ta’lim, kasb-hunar, subsidiya va harbiy xizmat orqali bandlikka jalb etish.
Yig‘ilish yakunida masala yuzasidan doimiy komissiya a’zolari tomonidan tegishli xulosa va tavsiyalar bildirildi.