Yangiliklar

“Beshqo‘rg‘on” mahallasidagi muammo zudlik bilan ijobiy hal etildi.

“Beshqo‘rg‘on” mahallasidagi muammo zudlik bilan ijobiy hal etildi.

Chilonzor tumanidagi “Beshqo‘rg‘on” mahallasida maishiy chiqindilar bilan bog‘liq muammo yuzasidan 2026-yil 12-yanvar kuni okrug deputati S.Imamov tomonidan yuborilgan deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.

Endi Beshqo‘rg‘on mahallasining 27-ko‘chalaridan haftasiga 2(ikki) marta yo‘nalish jadvali asosida Maxsustrans xodimlari tomonidan chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqib ketilmoqda.