Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani “Navro‘z” mahallasi hududida joylashgan 46-son umumta’lim maktabida tuman Kengashi deputati Akrom Bo‘tayev tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida maktabda mukammal ta’mirlash ishlari yakunlanganligi aniqlandi

Shu bilan birga, isitish tizimi bo‘yicha ishlar to‘liq yakunlanmagan. Mazkur maktab 2025-yilda rekonstruksiya qilingan bo‘lib, loyiha hujjatlariga muvofiq 2 dona “Chiller” qurilmasi o‘rnatilishi belgilangan. Hozirda esa faqat 1 dona qurilma o‘rnatilgan bo‘lib, ikkinchi qurilma yetkazib berilmagan. Natijada isitish tizimi to‘liq quvvatda ishlamayapti.

Slide 1 of 4