Yoshlar bilan ochiq muloqot — kelajak sari dadil qadam!
Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Artikova Oybibi Sa’dullayevna mahalla yoshlarining tashabbus va fikrlarini tinglash maqsadida navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
🗣 Muloqot davomida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim tizimidagi islohotlar hamda ularning jamiyatdagi o‘rni yuzasidan atroflicha suhbat olib borildi.
Deputat Artikova Oybibi Sa’dullayevna ta’kidladi:
“Har bir yoshning qalbida yurtga mehr, bilimga chanqoqlik va kelajak uchun mas’uliyat tuyg‘usi uyg‘onmog‘i zarur. Biz ularni qo‘llab-quvvatlash orqali kuchli, zamonaviy avlodni tarbiyalaymiz.”
📚 Tadbir so‘ngida faol ishtirokchilarga ma’naviyat va tafakkurni boyituvchi kitoblar sovg‘a qilindi.