# " Birinchi qo'ng'iroq " 🔔🔔🔔
Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumani MMTB ga qarashli 11-umumiy o'rta ta'lim maktabida joriy yilning 2-sentabr kuni " Vatan uchun , millat uchun , xalq uchun " shiori ostida " Birinchi qo'ng'iroq " hamda Mustaqillik bayramining 34 yilligiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda Qo'shko'pir tumani prokurorining o'rinbosari Shomuratov Shuhrat Rustamovich , Kenagas mahalla profilaktika inspektori Sanjar Sobirov , Xalq deputatlari Qo'shko'pir tuman kengashi deputati Intizor Abdullayeva hamda ota-onalar qo'mita a'zolari , faxriy ustozlar qatnashdilar.