Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Hamkorlik
янв.21
Munosabat
янв.21
Олис ҳудудлар депутатлар эътиборида
янв.21
Xalqaro hamkorlik
янв.21
Депутатлар халқ орасида
янв.21
Депутатнинг бир куни
янв.20
Aholi murojaatlari deputatlar nazoratida
янв.20
Қоровулбозор туманида кўп қаватли уйлар ва унга туташ ҳудудларда ободонлаштириш ишлари кенг кўламда олиб борилмоқда.
янв.20
Қоровулбозор туманида томорқадан самарали фойдаланиш ҳамда асаларичилик истиқболлари хусусида
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASIGA DOIR CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA

“Yashil makon” umummilliy loyihasida belgilangan yana bir asosiy tadbirlardan biri — bu barcha ekilgan daraxt va buta ko'chatlarini sug'orish tizimi bilan ta'minlash vazifasidir. Boisi, har qanday o'simlik suv bilan tirik. Ularning unib-o'sishi uchun mavsumiy yomg'irlarning o'zi kamlik qiladi. Ayniqsa, nihol qaddini tutib ketishi uchun o'z vaqtida sug'orib turish juda muhim. Tabiat, atrof-muhitni asrashda har birimiz avvalo, o'zimiz, qolaversa, yaqinlarimiz, kelajak avlod oldidagi mas'uliyatni his etishimiz lozim. Bugun ekilayotgan har bir nihol, ertaga katta daraxtga aylanadi. O'nlab, yuzlab, minglab daraxtlar bir bo'lib, biz nafas olayotgan havoni tozalaydi, oziq-ovqat manbai bo'lgan tuproqlarni mustahkamlaydi. “Yashil makon” umumilliy loyihasi bugun diyorimizda amalga oshirilayotgan eng yirik va muhim tadbirga aylangani boisi ham shundan. Loyihani yurtdoshlarimiz yuqori hayrixohlik bilan kuzatish barobarida, o'zlari ham bevosita ishtirok etmoqda. Ushbu loyiha doirasida Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashi raisi va kotibiyati xodimlari tomonidan 12-fevral kuni 250-tup manzarali ve mevali daraxtlar ekildi.  

Slide 1 of 1