Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Hamkorlik
янв.21
Munosabat
янв.21
Олис ҳудудлар депутатлар эътиборида
янв.21
Xalqaro hamkorlik
янв.21
Депутатлар халқ орасида
янв.21
Депутатнинг бир куни
янв.20
Aholi murojaatlari deputatlar nazoratida
янв.20
Қоровулбозор туманида кўп қаватли уйлар ва унга туташ ҳудудларда ободонлаштириш ишлари кенг кўламда олиб борилмоқда.
янв.20
Қоровулбозор туманида томорқадан самарали фойдаланиш ҳамда асаларичилик истиқболлари хусусида
MUNOSABAT

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yaqinda Ozarbayjonga amalga oshirgan davlat tashrifi juda muhim va ramziy ahamiyatga ega boʻldi. Bu tashrif orqali ikki qardosh xalq – oʻzbek va ozarbayjon oʻrtasidagi tarixiy doʻstlik va yaqinlik yana bir bor tasdiqlandi.

Prezident Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlar iliq, ochiq va oʻzaro ishonchga boy ruhda oʻtdi. Tashrif davomida iqtisodiyot, transport, energetika, qishloq xoʻjaligi, madaniyat va taʼlim sohalarida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan muhim kelishuvlarga erishildi. Ayniqsa, sanoat kooperatsiyasi va investitsion loyihalarga alohida eʼtibor qaratilgani eʼtiborga loyiq.

Prezidentimizning Ozarbayjonga davlat tashrifi — bu ikki xalq oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni mustahkamlash, strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqish sari tashlangan muhim qadamdir. Ozarbayjon – bizning tarixiy, madaniy va maʼnaviy ildizlarimiz bir boʻlgan, bir tilda soʻzlashuvchi, bir xalqdek yashayotgan azaliy doʻstimizdir. Bu tashrif orqali ikki davlat oʻrtasidagi ishonch, oʻzaro manfaat va doʻstlikka asoslangan aloqalar mustahkamlanmoqda.

Shuningdek, ikki davlat oʻrtasida savdo aloqalarini yanada kengaytirish, xalqaro transport yoʻlaklarini rivojlantirish va mintaqaviy integratsiyani kuchaytirish borasida aniq rejalar belgilab olindi. Bu esa nafaqat ikki davlat, balki butun mintaqa barqarorligi va taraqqiyoti uchun katta ahamiyat kasb etadi.

Shavkat Mirziyoyevning ushbu tashrifi tarixiy voqea boʻlib, ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Bu tashrif, albatta, Oʻzbekistonning tashqi siyosatidagi ochiqlik va doʻstlikka asoslangan yondashuvining amaliy ifodasidir.


Q.Babajanov,

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati