Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning bir kuni
янв.21
Hamkorlik
янв.21
Munosabat
янв.21
Олис ҳудудлар депутатлар эътиборида
янв.21
Xalqaro hamkorlik
янв.21
Депутатлар халқ орасида
янв.21
Депутатнинг бир куни
янв.20
Aholi murojaatlari deputatlar nazoratida
янв.20
Қоровулбозор туманида кўп қаватли уйлар ва унга туташ ҳудудларда ободонлаштириш ишлари кенг кўламда олиб борилмоқда.
янв.20
Қоровулбозор туманида томорқадан самарали фойдаланиш ҳамда асаларичилик истиқболлари хусусида
MUNOSABAT

🔰Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga amalga oshirgan davlat tashrifi ikki qardosh davlat oʻrtasidagi strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi. Bu tashrif nafaqat siyosiy va iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyat kasb etdi, balki ikki xalq oʻrtasidagi tarixiy doʻstlik va madaniy aloqalarni yanada mustahkamladi.

🔹Mazkur tashrif mintaqaviy taraqqiyot, transport-logistika yoʻnalishlari, “yashil” iqtisodiyot, savdo va investitsiya sohalarida salmoqli natijalarni keltiradi. Jumladan, tashrif davomida erishilgan kelishuvlar Oʻzbekiston tadbirkorlariga Ozarbayjon bozoriga keng yoʻl ochadi.

Ikki davlat rahbarlari oʻrtasidagi samimiy, ochiq va ishonchli muloqot oʻzaro hurmat va yuksak siyosiy irodaga asoslangan mustahkam aloqalarning yaqqol ifodasidir. 

Ozarbayjon bilan qishloq xoʻjaligi, energetika, sogʻliqni saqlash va taʼlim sohalarida imzolangan hujjatlar mintaqa uchun barqaror taraqqiyot kafolati boʻlib xizmat qiladi. Xususan, viloyat, tuman va shaharlar miqyosida Ozarbayjon bilan bevosita hamkorlik loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari yuzaga keladi.

Xulosa qilib aytganda, davlat tashrifi xalq manfaatiga xizmat qiluvchi, yurt taraqqiyoti yoʻlida muhim qadam boʻldi.

S.Jumaniyazov,

OʻzLiDeP Xorazm viloyat Kengashi raisi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati.