Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
янв.21
🌙 Qo'rg'ontepada fayzli iftorlik va hisobot uchrashuvi! 🌙
янв.21
Bahor nafasi: Deputat A.Ikromov xonadonida tamorqa ishlari avjida!
OYDIN HOJIYEVA XOTIRASI ABADIYLASHTIRILDI

OYDIN HOJIYEVA XOTIRASI ABADIYLASHTIRILDI

O‘zbekiston xalq shoiri, “El-yurt hurmati” ordeni sohibasi Oydin Hojiyeva xotirasini abadiylashtirish, shoiraning qoldirgan ma’naviy me’rosini aholiga yanada kengroq targ‘ib qilish, ijodi va faoliyatini tanishtirish hamda tavalludining 83 yilligi munosabati bilan Qiziltepa tuman o‘lkashunoslik muzeyida shoiraning hayoti va ijodiy faoliyatini aks ettiruvchi alohida bo‘lim tashkil etildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi, tuman Kengashi deputatlari, oqila ayollari hamda keng jamoatchilik vakillari tashabbusi va Oydin Hojiyevaning yaqinlari ko‘magida tashkil etilgan muzey ekspozisiyasidan shoiraning qalamiga mansub adabiyotlar, muharrirligida chop etilgan gazeta va jurnallar nusxalari, foydalangan jihozlari va shaxsiy buyumlari joy oldi.

Muzey ekspozisiyasining ochilish marosimida ijodkorlar, ziyolilar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, shoiraning hayoti, ijodiy faoliyati va qoldirgan ulkan ma’naviy me’rosi haqida fikr bildirib, muzey eksponatlari bilan tanishishdi.

Slide 1 of 8