Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
янв.21
🌙 Qo'rg'ontepada fayzli iftorlik va hisobot uchrashuvi! 🌙
янв.21
Bahor nafasi: Deputat A.Ikromov xonadonida tamorqa ishlari avjida!
📍 Ijtimoiy yordam ehtiyojmandlarga yetmoqda

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Elyor Abdusalomov hamda “Yangiravot” mahalla fuqarolar yig‘ini ijtimoiy xizmat ko‘rsatish xodimi Aziza Murtazayeva tomonidan mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holati joyiga chiqib o‘rganildi.

📋 Xususan, Ijtimoiy himoya yagona reestrida ro‘yxatda turgan, nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan oilalarning yashash sharoitlari o‘rganilib, ijtimoiy xizmat xodimi tomonidan maxsus so‘rovnoma asosida baholash ishlari amalga oshirildi.

✅ Baholash natijasiga ko‘ra, ushbu oilalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, yordam ajratish, bandlik va boshqa yo‘nalishlarda zaruriy choralar ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar shakllantirildi.

🤝 Bunday tashriflar joylardagi ijtimoiy muammolarni aniqlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etishda muhim o‘rin tutadi. 

Slide 1 of 2