Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
янв.21
🌙 Qo'rg'ontepada fayzli iftorlik va hisobot uchrashuvi! 🌙
янв.21
Bahor nafasi: Deputat A.Ikromov xonadonida tamorqa ishlari avjida!
15-aprel –Ekologik bilimlar kuni munosabati bilan Marg'ilon shahrida o'quvchilar bilan uchrashuv o'tkazildi

 15-aprel –Ekologik bilimlar kuni munosabati bilan Marg'ilon shahrida o'quvchilar bilan uchrashuv o'tkazildi 

Ushbu sana munosabati bilan Marg‘ilon shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida ham ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Marg‘ilon shahar partiya tashkiloti raisi 25-Orol bo‘yi okrugi deputati Matlubaxon Abdurahmonova ishtirok etdi. 

Uchrashuv davomida Matlubaxon Abdurahmonova o‘quvchilar bilan atrof-muhit muhofazasi, ekologik xavfsizlik, iqlim o‘zgarishlari va ularning inson salomatligiga ta’siri haqida suhbat olib bordi. U ekologik savodxonlikning yoshlarda shakllanishi bevosita ularninghayot tarziga, sog‘lig‘iga va kelajakdagi faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi. 

Tadbir davomida texnikum o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, atrof-muhit muhofazasi borasidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar. Uchrashuv so‘ngida ekologik madaniyatni targ‘ib etish bo‘yicha kelgusidagi reja va loyihalar haqida fikr almashildi.  

Slide 1 of 5