Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бугунги сессия туман аҳли учун муҳим бўлган қарорлар билан якунланди!
янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
янв.21
🌙 Qo'rg'ontepada fayzli iftorlik va hisobot uchrashuvi! 🌙
O‘zbekiston va Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

O‘zbekiston va Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda 

           Mustaqil yangi O‘zbekistonimiz yana bir muhim tarixiy voqeylik ostonasida turibdi. Joriy yilning 3-4 aprel kunlari Samarqand shaxrida “Markaziy Osiyo –Yevropa Ittifoqi” birinchi sammit tadbirlari o‘tkazildi. 

Tadbirga mezbonlik nafaqat tarixiy, balki ramziy ma’noga ham ega. 

Yangi O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga intilishga katta ahamiyat qaratilmoqda. 

Shu boisdan ham mazkur tadbir yurtimizning ezgu tamoyillarga sodiqligini yana bir bor isbotlab, xalqaro darajadagi nufuzini yanada mustahkamlash bilan birga mintaqalar o‘rtasidagi munosabatlarda yangi sahifa
ochadi.

Bunday muloqotni tashkil etish faktining o‘zi xam Yevropa Ittifoqining hamkorligini rivojlantirishdan manfaatdor ekanligi va Markaziy Osiyo davlatlari bilan sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga intilishidan dalolatdir.

So‘nggi yillarda Yevropa Ittifoqi bilan ikki tomonlama hamkorlik, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda jadal rivojlanib bormoqda. Bu esa xalqaro aloqalarni izchil kengaytirish uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. 

Samarqand sammitida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi yangi bitim imzolanishi rejalashtirilgan.

Ushbu tadbir oldidan Yevropa Kengashi prezidenti Antonio Kosta – “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo bilan hamkorligimiz bir martalik narsa emas, biz uzoq muddatli hamkorlikka intilamiz”, – dedi. 

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Samarqand Sammiti mintaqalar o‘rtasidagi ko‘p qirrali muloqotni yanada rivojlantirib, aloqalarning kengayishi bilan birga, strategik ahamiyatga ega sohalardagi hamkorlikni yanada
yangi bosqichga olib chiqishga imkoniyatlar yaratdi.
 

  

Soxiba Ismailova, O‘zXDP a’zosi To‘rtko‘l tuman Kengashi deputati,  

Slide 1 of 1