Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
янв.21
🌙 Qo'rg'ontepada fayzli iftorlik va hisobot uchrashuvi! 🌙
янв.21
Bahor nafasi: Deputat A.Ikromov xonadonida tamorqa ishlari avjida!
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Dastlab deputat saylovchilarga I-chirak yakuni bo‘yicha o‘z faoliyati yuzasidan qisqacha axborot berdi. So‘ngra mahalladagi xotin-qizlar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ayollarni qiynayotgan muammolarni tinglash, ularning taklif va fikrlariga quloq tutish, shuningdek, mavjud masalalarga joyida yechim topishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida xotin-qizlar ijtimoiy himoya, bandlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim hamda oilaviy munosabatlar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan deputatga murojaat qildilar. Ayrim muammolar joyida hal etildi, qolganlariga esa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topilishi va’da qilindi.

Deputat, ayollar faolligini oshirish, ularni tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunar o‘rganishiga ko‘maklashish bo‘yicha mavjud davlat dasturlari haqida ham batafsil ma’lumot berdi.

Tadbir iliq ruhda o‘tdi va mahalla ahli, ayniqsa ayollar tomonidan ijobiy baholandi.

Uchrashuv davomida ko‘tarilgan muammo va takliflar:

1. "Ozodlik" va "Paxtakor" mahallalaridagi ariq (lotok) va drenajlarni ta'mirlash.

2. Yoshlar uchun futbol maydoni hamda 14-umumta'lim maktabiga qo‘shimcha bina va faollar zali qurish.

📑 Ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan bog‘lanib tegishli tartibda deputatlik so‘rovlari yuborilishi ma'lum qilindi.

Slide 1 of 3