Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
янв.21
🌙 Qo'rg'ontepada fayzli iftorlik va hisobot uchrashuvi! 🌙
янв.21
Bahor nafasi: Deputat A.Ikromov xonadonida tamorqa ishlari avjida!
янв.21
Qo'rg'ontepa ayollari e'tirofda!
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi haqida rasmiy axborot (https://toshkentviloyati.uz/news-detail/xalq-deputatlari-toshkent-viloyati-kengashining-navbatdagi-sessiyasi-haqida-rasmiy-axborot)

Bugun Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining navbatdagi sakkizinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda sessiyaga aloqadar tashkilot rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.


Kun tartibiga yettita masala kiritildi. Xususan, majlisda deputatlar aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, mahalliy byudjet kabi yo'nalishlarda bajarilgan ishlar holati hamda belgilangan masalalarni muhokama qildilar.


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati devoni hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazining xatiga asosan, Xalq deputatlari Yuqori Chirchiq, Oqqo‘rg‘on tuman va Bekobod, Chirchiq, Yangiyo‘l shahar Kengashlarining ayrim qarorlarini bekor qilish to‘g‘risida muhokama qilindi.


Shuningdek, 2025-yilda “Zarbdor” tajribasi asosida sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida “drayver” loyihalariga muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash bo‘yicha ishchi guruh tomonidan shakllantirilgan dastlabki manzilli ro‘yxat ko‘rib chiqildi hamda kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas'ullarning axboroti tinglandi.


Sessiya ishini Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva olib bordi. 

Slide 1 of 6