Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
янв.21
🌙 Qo'rg'ontepada fayzli iftorlik va hisobot uchrashuvi! 🌙
янв.21
Bahor nafasi: Deputat A.Ikromov xonadonida tamorqa ishlari avjida!
янв.21
Qo'rg'ontepa ayollari e'tirofda!
янв.21
Qo'rg'ontepada bir nechta mahalla nomi o'zgartirilmoqda
янв.21
Deputat va Mahalla ettiligi ish jarayoni
Respublika ishchi-guruhi a'zolari Nurobod tumanida aholi muammolari yechimi yuzasidan o'rganishlar olib bordi

Respublika ishchi-guruhi a'zolari Nurobod tumanida aholi muammolari yechimi yuzasidan o'rganishlar olib bordi

Bugun Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo'llab-quvvatlash jamoat fondi, Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi va Jamoat fondi viloyat bo'linmasi, Nurobod tumani hokimi M.Buranov, tuman kengashi deputatlaridan iborat ishchi-guruh a'zolari Nurobod tumani mahallalari bo'ylab aholini qiynab kelayotgan muammolar, o‘z yechimini kutayotgan ijtimoiy masalalar hamda ularning manzilli va samarali yechimi yuzasidan o'rganish ishlari olib bordi.

Jumladan, tumanning Xalqobod mahallasida yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, ularni yuksak ma'naviyatli etib tarbiyalash maqsadida yangi ziyo maskani — yoshlar kutubxonasi qurilishi, Po'latchi mahallasida 3000 nafarga yaqin aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash maqsadida yangi suv inshootining bunyod etilishi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar begilandi.

Shuningdek, Sharq Yulduzi mahallasi aholisini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash, hudud elektr ta'minotidagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida yangi transformatorlar o'rnatish, eskirgan simyog'ochlarni yangi beton-ustunlarga almashtirish va qo'shimcha havo tarmog'ining tortilishi bo'yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 5