Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ХАЛҚ ДЕПУТАТЛАРИ ҚЎРҒОНТЕПА ТУМАН КЕНГАШИГА ЯНГИ РАИС САЙЛАНДИ!
янв.21
Қўрғонтепа туманида муҳим сессия
янв.21
Халқ саломатлиги - депутат назоратида
янв.21
Туман чиқинди сувларни тозалаш иншоотидаги муаммо депутат эътиборидан четда қолмади
янв.21
Қўрғонтепада кутилмаган қарорлар: Сессияда нималар бўлди?
янв.21
Қўрғонтепа Кенгашида ёшлар ва спорт масалалари муҳокама қилинди
янв.21
МАҲАЛЛА РИВОЖИ-ТУМАН ТАРАҚҚИЁТИ
янв.21
Қўрғонтепа туманида ёшлар тарбиясига қаратилган тадбир бўлиб ўтди!
янв.21
🌙 Qo'rg'ontepada fayzli iftorlik va hisobot uchrashuvi! 🌙
янв.21
Bahor nafasi: Deputat A.Ikromov xonadonida tamorqa ishlari avjida!
Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida ishsiz shaxslarga to‘lanadigan stipendiya haqida

🔖Qonunchilikka ko‘ra, kasbga tayyorgarlik, qayta tayyorgarlik yoki malaka oshirish davrida ishsiz shaxslar uchun O'zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan, qoida tariqasida, 26 kalendar haftagacha bo'lgan muddatga stipendiya to‘lanadi. (https://lex.uz/ru/docs/5055690#5059187)

Stipendiya miqdorlari quyidagicha: 

🔸Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) oxirgi 12 oylik davr ichida mahrum bo‘lgan shaxslarga — avvalgi ish joyidagi o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizi miqdorida, lekin mehnatga haq to‘lash eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan va O‘zbekiston Respublikasida tarkib topgan o‘rtacha ish haqidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;

🔸Uzok, ya'ni 1 yildan ortiq tanaffusdan keyin ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan shaxslarga — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1 baravari miqdorida;

🔸Birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 75 foizi miqdorida;

⛔️Stipendiyalarni to‘lash soliq solish obyekti hisoblanmaydi.

✔️Stipendiyalar to‘lash to‘g‘risidagi ma'lumotlar «Bandlik xizmati» axborot tizimida va so‘rovnomada ko‘rsatiladi.  

Slide 1 of 1